"Bild" xabariga ko'ra, kolumbiyalik futbolchi "Bavariya" bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha dastlabki kelishuvga erishgan.
Endi "Bavariya" mersisaydliklar bilan transfer summasi va kelishuv detallari bo'yicha rasmiy muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda.
Shu bilan birga, Niko Uilyamsning transferi muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Diasga "Barselona" ham davogarlik qilmoqda.
27 yoshli Dias "Liverpul"da 2022 yilning yanvaridan buyon o'ynamoqda. 2024/25 yilgi mavsumda u "qizillar" safida 50 o'yin o'tkazib, 17 ta gol urdi va 8 ta golli pas uzatdi.