"Manchester Yunayted" Nikolas Jeksonning vakili bilan aloqaga chiqdi. Jurnalist Nizaar Kinsellaning xabar berishicha, klub "Chelsi" hujumchisining agenti Ali Barat bilan ehtimoliy o'tish masalasida muzokaralar o'tkazgan. Muzokaralar ijobiy yakunlansa, navbat klub bilan kelishishga qoladi. Transfer malum sharoitlarda yuzaga kelishi mumkin, biroq MYU moliyaviy jihatdan ko'p ishlarni amalga oshirishi lozim.
Takidlanishicha, "Chelsi" yo'qotishlarning o'rnini to'ldirish maqsadida Alexandro Garnachoga qiziqish bildirmoqda.