Saul Niges "Atletiko"ni tark etmoqda. Yarim himoyachi Madrid klubi bilan shartnomasini bekor qilib, "Trabzonspor"ga o'tishi haqida insayder Fabricio Romano malum qilmoqda. Turk klubi Saul bilan shartnoma imzolaganini kelasi hafta rasman elon qilishi kutilmoqda.
Jurnalist Yag'iz Sabuncho'g'lu aniqlik kiritishicha, ispaniyalikning "Trabzonspor" bilan shartnomasi 4 yilga mo'ljallangan. Saul 2008 yildan beri "Atletiko" tizimida edi. Jamoa safida futbolchi 6 ta sovrin, jumladan, La Liga, ikkita Evropa Ligasi kubogi va UEFA Superkubogini qo'lga kiritgan. Ispaniyalik futbolchi 2024/25 yilgi mavsumda "Sevilya"da ijara asosida to'p surgan.